BMT bosh kotibi Ukraina prezidenti bilan uchrashuvda BMT Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi urushning oldini olish yoki to‘xtata olmaganini katta umidsizlik deb atadi. Antoniu Guterrish Rossiyaning bostirib kirishi Ukraina hududiy yaxlitligi va BMT Nizomini buzish ekanini yana bir bor ta’kidladi. BMT rahbari Kiyevda bo‘lgan vaqtida shaharga ikkita raketa hujumi uyushtirildi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskvada Rossiya prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, BMT Rossiyaning Mariupoldan tinch aholini evakuatsiya qilishda BMT va Qizil Xoch tashkilotining ishtirokiga «prinsipial» roziligini bildirdi. Payshanba kuni Guterrish Kiyevda Ukraina prezidenti bilan uchrashadi.
BMT bosh sekretari Antoniu Guterrish Rossiya Ukrainada olib borayotgan va oqibatlari butun dunyoda sezilayotgan «bema’ni urushni» to‘xtatishga chaqirdi. «Ukraina xalqi hozir haqiqiy do‘zzaxda yashayapti», mahsulotlar, energotashuvchilar va o‘g‘itlarga narxlarning oshishi esa «katta miqyosdagi oziq-ovqat defitsiti va ochlikka olib kelishi mumkin», deya ogohlantirdi u.
BMT bosh kotibining dunyo rivojlanishga xalaqit berayotgan muammolarni sanagani, Ukrainada prezident yordamchisining mashinasi o‘qqa tutilgani, Namibiyada namoyishchilarning Germaniyadan genotsid uchun 9 mlrd dollar to‘lashni talab qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatni toliblar bilan muloqot qilishga va ularni munozaraga jalb qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda «ko‘p azob chekayotgan odamlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun kerak».
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.
BMT Bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni tashkilot rahbari lavozimiga ikkinchi muddatga tasdiqladi. U «yangi davr boshlanishida» BMTda o‘zgarishlarga erishishga va’da berdi.
Kaliforniyada issiq ob-havo tufayli favqulodda holat joriy etilgani, Antoniu Guterrishning qayta BMT bosh kotibi etib tayinlangani, Eronda prezident saylovlarida ovoz berish jarayonining boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Isroil va Falastin tomonlarini jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — BMT rezolyutsiyalari va oldingi kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarga qaytish va Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olishdan iborat.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma’lum qilishicha, 150 ming kishi ochlik sabab o‘lim xavfi ostida, yana 16 million kishi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. «Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — degan bosh kotib.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting